Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi «Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasining faoliyati va ilm-fanni rivojlantirish borasida olib borilayotgan innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida ilmiy faoliyat natijadorligi va samaradorligini oshirishda vazifa va muammolarni va korxona tashkiliy tuzilmasini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. https://edu.uz/uz/news/view/2909
Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Xakimov boshchiligidagi mas’ul rahbarlar hamda Toshkent davlat texnika universiteti prorektori Sherzod Nematov, bo‘lim boshlig‘i Ilxom Nasridinov ishtirok etdi.
“Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasining rahbari A.Nodira va ilmiy maslahatchi akademik Soyibjon Nigmatovlar olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot ishlar, ularning natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish bo‘yicha erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Tadbir ishtirokchilari “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi hamda laboratoriya va moddiy-texnika bazasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuv yakunida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha fikr almashildi va “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi faoliyatini rivojlantirish, xususan, ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish samaradorligini yanada oshirish, faoliyatda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Manba: Axborot xizmati 23.09.2021