21-noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari IV-Milliy anjumani” o‘tkazildi.
Anjumanda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori, mas'ul boshqarma vakillari hamda “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direktori shuningdek, Fan va taraqqiyot davlat muassasi, hamda bir qator davlat idoralari ishtirok etdi.
![]() |
![]() |
Tadbirda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b. A. Norov va O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi S.S.Ne'matov so‘zga chiqdi, mamlakatimizda intellektual mulk tizimini yanada rivojlantirish va mazkur yo‘nalishda aholining savodxonligini oshirish borasidagi tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etib, bu borada Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir doirasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha “Yashnobod” innovatsiya texnoparki va Intellektual mulk markazi o‘rtasida Hamkorlik bitimi imzolandi