2025-yil 13-may kuni soat 14:30 da Alikulova Hakima Ahmad qizining “Neft mahsulotlarining zichlik ko‘rsatkichini aniqlash va o‘lchov vositalarini kalibrlash hamda taqqoslashda qo‘llaniladigan suyuqlikning standart namunalari yaratish” mavzusidagi 02.00.07 – “Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallar kimyosi va texnologiyasi” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.